Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi va Seul universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
14.09.2023 2349 Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov boshchiligidagi ishchi guruhning Koreya Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi davomida transport sohasida o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.

 

Seul shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Koreya biznes-forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Seul universiteti o‘rtasida yo‘l xo‘jaligi va transport sohasida texnologik yechimlarni almashish borasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

 

Kelishuvga muvofiq mazkur nufuzli universitet tomonidan “O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi salohiyatini rivojlantirish” grant loyihasini hamkorlikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.