O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-son qarori bilan “Toshshahartransxizmat” AJ harakat tarkibini yangilash maqsadida 2023-2025 yillar mobaynida 653 dona, shu jumladan 53 dona 18 metrlik elektrobuslar xaridini amalga oshirish va jamoat transportida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish topshirig‘i belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida xorijiy ishlab chiqaruvchilar mahusulotlari bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va "Toshshahartransxizmat" AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh joriy yilning 25-may kuni Turkiyaning Sakarya shahrida joylashgan “Otokar Otomotiv ve Savunma Sanayi A.S” xolding kompaniyasi zavodiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mutaxassislar korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, tayyor mahsulotlar avtobus va elektrobuslarning o‘ziga xos jihatlari, ularning texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
26-may kuni ishchi guruh a’zolari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Busworld Turkey 2022” avtobuslar xalqaro ko‘rgazmasi ishida ishtirok etib, ishlab chiqaruvchi va dasturiy ta’minotchilar bilan shahar avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatishda zamonaviy texnologiyalar va ehtiyot qismlarni yetkazib berish va ishlab chiqish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.