Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligida tadbirkorlar bilan davra suhbati tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
26.07.2023 4369 Yangiliklar

Joriy yilning 25-iyul kuni Transport vazirligida transport-logistika yo’nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o'rganish markazi vakillari, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasi vakillari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

 

Tadbir doirasida transport-logistika yo’nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga to’xtalib o’tildi, ularni yechimi yuzasidan Soliq qo'mitasi vakillari tavsiyalar bilan bo’lishdilar. Shuni qayd etish lozim, bugungi kunda transport logistika yo’nalishida ish yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatida vujudga kelayotgan muammoli masalalarning yechimi yuzasidan Transport vazirligi muntazam ravishda amaliy yordam ko’rsatib kelmoqda.