Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv o’tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
25.07.2023 3062 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 - yil 5 - iyul kunidagi tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 10 - iyul kunidan 10 - avgust kuniga qadar respublikamiz hududida "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Transport vazirligi markaziy apparatida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktika tadbiri o’tkazildi.

 

Uchrashuvda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, aholi turar joylarining yong'in xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarini jadallashtirish va bu ishlarda fuqarolarning ishtirokini ta'minlash masalalariga to’xtalib o’tildi. Uchrashuv davomida FVV mutasaddilari tomonidan yong’in vujudga kelishi mumkin bo’lgan holatlarning oldini olish hamda texnika xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha tegishli yo’riqnomalar o’tkazildi.