Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turistik biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
04.07.2024 1620 Yangiliklar

3-iyul kuni Transport vazirligida “Respublikaning turizm salohiyatini oshirish uchun transport infratuzilmasi va xizmatlarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov raisligida bo‘lib o‘tgan tadbirda transport infratuzilmasini yaxshilash orqali turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari muhokama etildi.

 

Uchrashuvda Transport vazirligi markaziy apparati, Turizm qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zaviatsiya” agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzautotrans service” MChJ rahbarlari, xususiy aviakompaniyalar mutasaddilari, viloyat hokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda turistik biznes vakillari ishtirok etishdi.

 

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizga xorijiy sayyohlarni jalb etish, sayohat safarlarini tashkil etish jarayonida turoperatorlar duch kelayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar tinglandi.

 

Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar va ularning yechimi yuzasidan 3 ta yo‘nalishda alohida Ishchi guruhini shakllantirish bo‘yicha tizim mutasaddilariga ko‘rsatma berildi.

 

 

 

 

Shuningdek, har oyda bir marotaba turizm sohasi biznesi vakillari bilan shu shaklda muntazam ravishda uchrashuvlarni o‘tkazib borishga kelishib olindi.