Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turk konsalting kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
26.10.2023 2286 Yangiliklar

Bugun, 26-oktabr kuni transport vazirligida Turkiyaning yirik konsalting kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Transport vaziri o‘rinbosari Ilxom Abdugafarov hamda Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi vakili Hasan Murat Nasimog‘li va Turkiya elchixonasining tijorat maslahatchisi Ahmet Melih Orta boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda transport va yo‘l infratuzilmasi sohasida istiqbolli loyihalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

 

Uchrashuv davomida turk konsalting kompaniyalari bugungi kunda amalga oshirayotgan loyihalari haqida batafsil maʼlumot berishdi. Shuningdek, Turkiya tomoniga transport va yo‘l infratuzilmasi sohasida rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.