Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turkiy davlatlar tashkiloti huzurida Logistika markazlari va yuk tashuvchilar Alyansi tuzildi

Chop etish Sahifani ulashish
28.06.2024 2177 Yangiliklar

Bugun, 28-iyun Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) huzuridagi Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi ta’sis etilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir va alyans ishtirokchilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirni Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, moderator Mirvohid Azimov qutlov so‘zlari ochib beradi. Tadbirda ishtirok etgan transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov yangi tuzilma transport sohasidagi bog‘liqlikni rivojlantirishga, yuk oqimini ko‘paytirishga va tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga ishonch bildirdi.

 

– 160 million kishilik aholini qamrab olgan TDT hududi katta iqtisodiy imkoniyatlar va transport potensialiga ega mintaqa hisoblanadi. TDTning barcha mamlakatlari tomonidan ushbu yo‘nalishda kelishilgan holda olib boriladigan qo‘shma harakatlargina yagona, rivojlangan va samarali ishlaydigan transport tarmog‘ini shakllantirish imkonini beradi, - dedi M.Omarov.

 

Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi TDTga a’zo mamlakatlarda yuk tashish va logistika markazlarini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. Alyans ushbu yo‘nalishda logistika va yuk tashish, muhandislik ishlari hamda konsalting xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni birlashtiradi.

 

Turkiy mamlakatlardagi yirik logistika markazlari, yuk tashuvchilar, terminallar, dengiz va quruqlik portlari o‘rtasida samarali hamkorlikni kengaytirish, innovatsion yechimlarni joriy etish orqali butun mintaqaning transport-logistika salohiyatini oshirish Alyansning asosiy maqsadlari qatoriga kiradi.