Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“UAT” MChJda kompleksli taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.10.2020 6233 Yangiliklar

 

2020 - yil 29 - oktyabr kuni “UAT” MChJ korxonasi hududidagi ishlab chiqarish obyektlarida yong‘inlarni bartaraf etish mavzusida kompleksli taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Kompleksli taktik mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2020- yil 10 - yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2019 - yilda qabul qilingan chora-tadbirlar natijalari va 2020- yil vazifalari to‘g‘risida” gi buyrug‘i hamda Toshkent shahar hokimi-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2020-yil 20 - yanvardagi 1-son buyrug‘i, shuningdek, “UAT” MChJning 273-son buyrug‘i asosida o‘tkazildi.

 

Kompleksli taktik mashg‘ulotlarda “UAT” MChJning o‘t o‘chiruvchilar harbiylashgan qo‘riqchiligi qutqaruvchilari, tibbiyot xodimlari va qo‘riqlash xizmati mutaxassislari, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportining idoraviy o‘t o‘chiruvchilar qo‘riqchiligi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Yakkasaroy tumani 19-son yong‘indan qutqarish qismi o‘t o‘chiruvchilari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar jarayonida barcha ishtirokchilar oldilariga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan, ko‘tarinki ruhda va mukammal bajarishga harakat qildi. Mashg‘ulotlardan kutilgan natijalar o‘z samarasini ko‘rsatib, ijobiy baholar bilan yakunlandi.

Mashg‘ulotlar yakunida barcha ishtirokchilar harakati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan ba’zi bir kamchiliklar aytib o‘tildi va kelgusida bu kamchiliklar qaytarilmasligi borasida tavsiyalar berildi.

Kompleksli taktik mashg‘ulotlar qutqaruvchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ularning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi ishlariga baho berish uchun har yili o‘tkaziladi.

Kompleksli taktik mashg‘ulotlarni olib borish ishlari “O‘zaviatsiya” agentligining parvozlarni qidirish, avariyadan qutqarish ta’minotini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis-inspektori, “Uzbekistan airways” AJ fuqaro muhofazasi bo‘limi xodimlari, shuningdek, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi O‘MTO YoXXT bo‘limi boshlig‘i va “UAT” MChJ ma’muriyati tomonidan muvofiqlashtirildi va nazorat qilindi.