Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolarimizni O‘zbekistonga olib kelish uzluksiz ravishda davom etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
01.03.2022 4276 Yangiliklar

 

Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat tufayli O‘zbekiston fuqarolarini mamlakat hududidan evakuatsiya qilish hamda ularni vatanga olib kelish bo‘yicha davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, ayni damda Polsha hududiga evakuatsiya qilingan fuqarolarimiz havo qatnovi orqali mamlakatimizga olib kelinmoqda. Toshkent – Katovitse – Toshkent yo‘nalishida kuniga ikkitadan maxsus aviaqatnovlar tashkil etilmoqda.

Maxsus aviareyslar “Uzbekistan Airways” AJning Boeing 767 rusumidagi samolyotlarida bajarilmoqda. Ushbu maxsus aviaqatnovlarning bajarilish vaqtlari esa mamlakatimiz fuqarolarini Polsha hududiga olib o‘tish va to‘plash bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanmoqda.

Joriy yilning 28 - fevral hamda 1 - mart kunlari amalga oshirilgan ikkita maxsus reyslar orqali jami 509 nafar mamlakatimiz fuqarolari O‘zbekistonga olib kelindi. Bugun uchinchi maxsus aviareys bilan yana 253 nafar fuqarolarimiz Polshadan olib kelinmoqda .