Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Urganch shahar jamoat transporti tizimi takomillashtiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
30.08.2023 1811 Yangiliklar

Xorazm viloyati transport boshqarmasida “Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.” zavodi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda viloyatga olib kelinishi rejalashtirilgan avtobuslarga servis xizmatlarni tashkil etish, avtobuslarni texnik jihatdan shahar yo’llariga mos ravishda ishlab chiqarish va Toshkent transport universiteti mutaxasislar tomonidan ishlab chiqilgan “Urganch shahar transport tizimini takomillashtirish” modeli muhokama qilindi.

 

Shuningdek “Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.” zavodi vakillari "BUNYODYULOVCHITASHISH" MCHJ tomonidan avtobuslarni saqlash va ekspluatatsiya qilish bo'yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

 

Eslatib o’tamiz, “Bunyodyo‘lovchitashish” MChJ XItoyning  “Zhongtong Bus Holding Co.,Ltd.” zavodi bilan shahar yo’nalishlari  uchun 100 ta avtobus sotib olish bo’yicha shartnoma imzolagan. Mazkur shartnomaga muvofiq avtobuslar joriy yilning yakuniga qadar Xorazm viloyatiga olib kelinishi rejalashtirilgan.