Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Urganch xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi

Chop etish Sahifani ulashish
22.07.2024 1227 Yangiliklar

Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 

Mazkur qurilish ishlariga “Xorazm yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan 98 ta maxsus texnikalar jalb qilingan.

 

Urganch aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi kapital ta’mirdan so‘ng Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi.

 

Eslatib o‘tamiz, rekonstruksiya davrida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Uzbekistan Airports tomonidan Urganch va Nukus shaharlari aeroportlari o‘rtasida avtobus qatnovi tashkil etilgan.