Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Urganchda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
28.11.2023 2170 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Xususan, Urganch shahrida jamoat transporti harakatlanishi uchun alohida yo‘laklar tashkil etish ishlari boshlandi.

 

Bugungi kunda shaharning Tinchlik ko‘chasida Pahlavon Mahmud ko‘chasi chorrahasidan Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan yo‘lning 0,7 km qismida jamoat transporti uchun alohida yo‘lak tashkil etildi.

 

Ma’lumot uchun: jamoat transporti uchun Urganch shahrining 8 ta ko‘chasida alohida yo‘laklar tashkil etiladi.