Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ushbu haftada 9 ta charter qatnovi amalga oshiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
01.06.2020 8672 Yangiliklar

 

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish maqsadida, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq joriy haftada Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, BAA va Misr Arab Respublikasi shaharlariga jami 9 ta qatnov amalga oshriladi.

1 – 7 iyun kunlariga belgilangan charter reyslar jadvali:

1 iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent
2 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
3 iyun. Toshkent – Sharja – Toshkent
3 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
4 iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
5 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
6 iyun. Qohira – Toshkent – Qohira
6 iyun. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent
7 iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent

Eslatib o‘tamiz, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq 25-31 may kunlari amalga oshirilgan 8 ta qatnov orqali Rossiya Federatsiyasi va Turkiyadan jami 2118 nafar hamyurtlarimiz O‘zbekistonga olib kelindi.