Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan Airports Changi Airports bilan Toshkent aeroportini rivojlantirish bo’yicha shartnoma imzoladi

Chop etish Sahifani ulashish
25.05.2023 320 Yangiliklar

Joriy yilning 24-may kuni O'zbekiston-Singapur biznes-forumi doirasida "Uzbekistan Airports" AJ Changi Airports International bilan hamkorlikda Toshkent xalqaro aeroportini rivojlantirish to'g'risida bitim imzoladilar. Ushbu bitimga muvofiq Changi Airports International maslahatchilari Toshkent aeroportining yo’lovchi o'tkazish qobiliyati, operatsion standartlari va moliyaviy ko'rsatkichlarini optimallashtirish bo’yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar, barpo etilishi rejalashtirilgan yangi aeroportni rivojlantirish va boshqarish, yangi havo portini qurishda eng zamonaviy aeroport texnologiyalaridan foydalanishni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy asoslashni rivojlantirishga ko'maklashishni rejalashtirgan.

 

CAI vakillari parallel ravishda mavjud aeroport faoliyatini optimallashtirish bo'yicha ham konsultatsiyalar o’ztakazadi.