Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«Uzbekistan Airways» Hindistonga parvozlar sonini qisqartirdi

Chop etish Sahifani ulashish
17.06.2021 4336 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan 2021- yil 18- iyundan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni bekor qiladi.

Yo‘lovchilar bekor qilingan qatnov aviachiptasi uchun pul mablag‘larini qaytarib olishlari mumkin.

Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha seshanba kunidagi aviaqatnovlar amaldagi jadvalga muvofiq bajariladi.

Batafsil ma’lumotlarni aviakompaniyaning www.uzairways.com veb-saytidan olish mumkin. Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00. Murojaatlar soat 8:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi.