Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan aktsiya doirasida 2019 yil 31-dekabrdan 2020 yil 2-yanvargacha respublika bo‘yicha qatnovlarda 30% dan 50% gacha chegirmalar o‘rnatiladi!
“Uzbekistan airways” aviakompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra ushbu aktsiya doirasida quyidagi chegirmalar ishlab chiqildi:
- individual yo‘lovchilar uchun – 30%,
- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va oliy o‘quv yurtlari, kolledjlar talabalari, maktab o‘quvchilari, O‘zbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun – 40%,
- oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin? er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%,
- nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun – 50%,
- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%,
- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun – 50%.
Aviachiptalarni barcha kassalarda chegirmalarni olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkin. Chegirmalar nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati