Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

UzBus mobil ilovasidan qo‘shimcha qulaylik

Chop etish Sahifani ulashish
20.09.2023 2108 Yangiliklar

Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtobus xizmatlaridan foydalanayotgan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida “UzBus” mobil ilovasi orqali hududlardan ham chiptalarni onlayn xarid qilish imkoniyati yaratilmoqda.

 

Hozirda Surxondaryo viloyatining Termiz, Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi tumanlaridan. Buxoro viloyatining Buxoro shahri va Olot tumanidan. Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Shahrisabz shaharlaridan. Xorazm viloyatining Xiva shahridan ushbu ilova orqali avtobus chiptalarini onlayn xarid qilish mumkin.

 

Bosqichma-bosqich ravishda ushbu imkoniyatdan barcha hududlardan turib foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

 

UzBus» mobil ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin. 

 

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.avtoticket.uzbus