Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Vazir o‘rinbosari metropolitenda  

Chop etish Sahifani ulashish
09.07.2024 507 Yangiliklar

Bugun 9-iyul kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “Toshkent metropoliteni” DUK mutasaddilari hamrohligida poytaxt metrosining “Chilonzor”, “O‘zbekiston” va “Yunusobod” yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, harakat tarkibining texnik holati, stansiyalarning sovitish va ventilyatsiya tizimi bilan yaqindan tanishdi.

 

O‘rganish davomida, vazir o‘rinbosari tomonidan metropoliten obyektlari va inshootlari holati, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlash, sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.