Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
21.12.2023 1795 Yangiliklar

Bugun, 21-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Transport vazirligiga biriktirilgan a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

Uchrashuvda Transport vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi R.Po‘latov vazirlik tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar, transport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan yosh kadrlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar, vazirlikka biriktirilgan “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida vazirlik hamda Yoshlar parlamenti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosti bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi yuzasidan takliflar ilgari surildi.