Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Vengriya bilan transport sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
20.06.2024 2020 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov 19-iyun kuni Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Xususan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar jarayonini liberallashtirish, ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalarini bekor qilish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar bu masalada tegishli choralar ko‘rishga kelishib oldi.

 

Shuningdek, uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish orqali mamlakatlarimiz o‘rtasida sayyohlar oqimini ko‘paytirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.