Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Viloyatlarda yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
07.08.2023 3213 Yangiliklar

Joriy yilning 4-avgust kuni Buxoroda va 5-avgust kuni Urganch shahrida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

 

Uchrashuvlarda sohadagi joriy etilayotgan yangiliklar, shuningdek joriy yilning 7-iyul sanasidagi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Аvtomobilda yuk va yoʼlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 277-sonli qarori yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Yangi qarordagi xalqaro yuk tashuvlari uchun xorijiy ruxsatnoma blankalari taqsimlanishi yuzasidan tadbirkorlar tomondan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan tushuntirish berildi.

 

Shuningdek, xalqaro yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning mavjud muammo va takliflari tinglanib, tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.