Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Vision Invest” kompaniyasi Andijon aeroportini DXSh asosida rekonstruksiya qilish va boshqarishga qiziqish bildirmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
02.05.2024 2414 Yangiliklar

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “III Toshkent xalqaro investitsiya forumi” doirasida Transport vaziri Saudiya Arabistonining “Vision Invest” kompaniyasi rahbari Omar al-Midani bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

 

Uchrashuvda transport infratuzilma loyihalarini DXSh asosida amalga oshirish va ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

 

Kompaniya Andijon xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, o‘z mablag‘i hisobidan rekonstruksiya qilish va uni kelajakda zamon talablari asosida boshqarish istagini bildirdi.

 

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, investor olti oygacha bo‘lgan davrda o‘rganishlar o‘tkazishi hamda loyiha takliflarini tayyorlashi bo‘yicha dastlabki Kelishuv imzolandi.

 

Kelishuv shartlariga ko‘ra investor tomonidan taqdim etiladigan texnik-iqtisodiy asos hujjatlari davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mamlakatimiz milliy manfaatlariga to‘liq mos kelishi o‘rganiladi va hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.