Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Vodiyga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
22.12.2019 10232 Yangiliklar

“Qamchiq” dovoni hududida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilayotgani hamda qor ko‘chishi xavfi mavjudligi bois haydovchilar va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, dovon bo‘ylab avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatildi. "Qamchiq" dovoni yo‘nalishidan foydalanadigan barcha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona vodiysiga buyurtma avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda "Uzautotrans service" korxonasi Yutong avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtobus Andijon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari bo‘ylab harakatlanadi. Avtobus Qo‘yliq dehqon bozori yaqinidan (vodiy pitak) yo‘lga chiqadi. Avtobus Tojikiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadi. Shu sababdan yo‘lovchilar o‘z shaxsiy pasportlari bilan avtobusga chiqishlari lozim.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati