Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–5256-son, 05.10.2021 y.) qabul qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
06.10.2021 4629 Yangiliklar

 

Qaror bilan Oʼzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining "Quruqlik portlari" toʼgʼrisidagi hukumatlararo bitimiga qoʼshildi.

Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʼzbekistonning huquq va majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.