Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar diqqatiga

Chop etish Sahifani ulashish
21.08.2023 2573 Yangiliklar

Transport vazirligi avtomobil tashuvlarini tashkil etish, litsenziyalash va ruxsatnomalar berish boshqarmasi ayni damda Qozog'iston Respublikasi xorijiy ruxsatnoma blankalarining barchasi tashuvchilarga tarqatib bo'linganligini ma'lum qiladi.

 

Hozirda Qozog'iston Respublikasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va Polsha davlatlari bilan qo'shimcha ravishda xorijiy ruxsatnoma blankalarini ajratish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

 

Muzokaralar natijalari bo'yicha qo'shimcha ravishda ma'lumot beriladi. Yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida yuqoridagi holatni inobatga olishingizni so'raymiz.