Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoy bilan aeronavigatsiya sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
19.06.2024 1610 Yangiliklar

C5+1 konferensiyasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xitoylik hamkasblari bilan aeronavigatsiya sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

 

18-iyun kuni Sian shahrida O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Markaziy Osiyo va Xitoy fuqaro aviatsiyasi ishchi guruhlarining (C5+1) o'zaro hamkorligi bo'yicha konferensiyaga tashrifi doirasida "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK va Xitoy havodagi harakatni boshqarish byurosi (ATMB) o'rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

Havo harakatini boshqarish byurosi (ATMB) - U havo harakatini boshqarish xizmatlarini, shuningdek, Xitoy havo hududidagi barcha fuqarolik reyslari uchun aloqa, navigatsiya, kuzatuv (CNS), aviatsiya meteorologiyasi va aeronavigatsiya ma'lumotlarini taqdim etadi.

 

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston aeronavigatsiya xizmatlari provayderi tomonidan, havodagi harakat marshrutlari tarmog‘ini xalqaro "Bir kamar, bir yoʻl" tashabbusi asnosida maqbullashtirish sohasidagi hamkorlikni roʻyobga chiqarish, xodimlarni tayyorlash masalalari yuzasidan oʻzaro hamjihatlikda ish yuritish, hamda havodagi harakatni boshqarish, parvozlarni radiotexnika jihatidan ta’minlash va parvozlar xavfsizligini boshqarish sohalarida oʻzaro tajriba almashish boʻyicha bir qator takliflar ilgari surildi.

 

Xitoy delegatsiyasi taqdim etilgan takliflarni mamnuniyat ila qabul qildi va o‘z navbatida tashkilotlar o‘rtasida nafaqat ko‘rib chiqilayotgan masalalar, balki muhandislik, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha ham yaqin hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.

 

Uchrashuv yakunida, tomonlar ushbu masalalar bo‘yicha ekspertlar darajasida muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib oldilar.