Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda intelektual transport tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
31.07.2023 4883 Yangiliklar

Harakatlanuvchi tarkibga sifatli texnik xizmat ko‘rsatish va jamoat transporti sohasida zamonaviy ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish tajribasini o‘rganish maqsadida Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ vakillaridan iborat delegatsiya joriy yilning 19-26 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.

 

Xizmat safari davomida “Yutong Bus Co., Ltd”, “King Long”, "Magnetic North", “Hikvision” kompaniyalariga tashrif amalga oshirildi va kompaniyalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tinishildi. Shuningdek, bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

 

Xususan, “Yutong Bus Co., Ltd” kompaniyasi bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida uch tomonlama memorandum imzolandi. Shu bilan birga tomonlar haydovchisiz harakatlanadigan avtonom transport vositalari sohasida o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi. 

 

“Hikvision” kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, innovatsion videokuzatuv tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyasiga asoslangan integratsiyalashgan xavfsizlik yechimlarini taqdim etish bo‘yicha “Toshshahartransxizmat” AJ bilan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

 

"Magnetic North" kompaniyasi bilan aqlli transport tizimini yo‘lga qo‘yish masalalarida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. Xususan, kompaniya bilan O‘zbekiston Respublikasining intellektual transporti bo‘yicha to‘liq yechimlarni taqdim etish, jumladan, ishlab chiqish, loyihalash, o‘rnatish, ishga tushirish, o‘qitish, texnik xizmat ko‘rsatish va takomillashtirish bo‘yicha ikki tomonlama memorandum imzolandi.