Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoydan O'zbekistonga yangi multimodal yo'nalish bo'yicha konteyner poyezdi jo'natildi

Chop etish Sahifani ulashish
04.07.2023 2990 Yangiliklar

Bugun, 2023-yil 4-iyul kuni, Langfan – Qashqar – Irkeshtom – Osh – Toshkent yangi multimodal yo'nalishida konteynerli blok-poyezdini jo'natish marosimi bo'lib o'tdi.

 

Langfandan (Xitoy) harakatlanuvchi birinchi poyezd (tarkibida qurilish materiallari bo‘lgan 41ta vagon) safarga chiqdi.

 

Butun yo'lning masofasi taxminan 6000 kilometrni tashkil etadi va yukning umumiy og'irligi 1000 tonnadan oshadi. Safar vaqti taxminan 12 kunni tashkil etadi. Qayd etish lozimki, hozirgi vaqtda ushbu yo'nalish (quruqlikdagi) Xitoydan O'zbekistonga yuklarni yetkazib berish uchun eng qisqa va eng tezkor yo'nalish hisoblanadi.

 

Yangi multimodal yo'lak bo'ylab tashish jarayoni jo'nash punktidan temir yo'l orqali Qashqar (Xitoy) temir yo‘l stansiyasigacha amalga oshiriladi.

 

Keyin esa, yuklar avtotransportga ortilib Osh (Qirg'iziston) temir yo'l stantsiyasiga yetkaziladi. Osh stansiyasidan esa Toshkentgacha yuklar temir yo'l orqali yuk poyezdi tarkibida yetkaziladi.