Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoyning Dongfeng kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
05.01.2024 1940 Yangiliklar

Bugun, 5-yanvar kuni Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Xitoy Xalq Respublikasining «Dongfeng» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda mamlakatimizda jamoat transporti tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar, ushbu jarayonlarda harakat tarkibini zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar bilan yangilashga bo‘lgan talab va ehtiyoj, bu yo‘nalishda xorijiy kompaniyalar ishtirokida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Eslatib o‘tamiz, “DongFeng Special Car Sompany” Farg‘ona viloyati Furqat tumanida 2 bosqichda yillik quvvati 1000 dona, qiymati 100 mln.dollarlik elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirishi rejalashtirilgan.