Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoyning HICHAIN kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazlarini ochadi

Chop etish Sahifani ulashish
20.11.2023 2742 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Guanchjou shahridagi “Conrad Guangzhou” mehmonxonasida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.


Biznes forumda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Xitoyning “Hichain Supply Chain” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda Andijon, Navoiy va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi logistika markazlarini tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

 

Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini jadallashtirish va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli memorandumni imzoladi.