Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoyning Jinhua stansiyasidan O‘zbekistonga konteyner blok poyezdi harakati tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
27.08.2024 967 Yangiliklar

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Jinhua stansiyasidan O‘zbekistonning Nazarbek stansiyasiga birinchi konteyner blok poyezdi harakati amalga oshirildi.

 

Ushbu konteyner blok poyezdi Qozog‘istonning Altinkol stansiyasi orqali Nazarbek stansiyasiga yetib keldi. 50 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poyezdi umumiy 6250 km masofani 12 kunda bosib o‘tdi.

 

O‘z ichiga yig‘ma yuklar va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uskunalarni olgan konteynerlar Nazarbek stansiyasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli fiting platformalarda ekspress konteyner blok poyezdlariga yuklangan holda Urganch stansiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

 

E’tiborli tomoni shundaki ushbu tashuvlar Nazarbek-Urganch yo‘nalishida ichki tashuvlarning birinchi ekspress poyezdi hisoblanadi.