Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi ko‘prik qurilishi jadal davom etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
09.02.2022 4344 Yangiliklar

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining «Ko‘prikqurilish» tresti” unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi, Amudaryo ustidan o‘tadigan yangi temir yo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigini qurish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Bugungi kungacha loyihada ko‘rsatilgan 80,2 kilometrlik uchastkada rejaga ko‘ra yo‘lsozlar tomonidan umumiy yer ishlari yakuniga yetkazildi. Hozirda qurilish maydoniga 115 ta zamonaviy texnika hamda 240 nafarga yaqin mutaxassis jalb etilgan.

Mutaxassislar tomonidan “Shovot – Gurlan – Jumurtau – Koybakli” temir yo‘l liniyalari oralig‘ida jami 4514,20 ming m3 ko‘tarma tuproq ishlaridan 4059,4 ming m3 (94 foiz) ish hajmi amalga oshirildi. Umumiy 80,2 kilometr temir yo‘l izlari yotqizish ishlaridan 14,2 kilometr (16 foiz) ga bajarildi. Sunʼiy suv o‘tkazgich inshootlari konstruksiyalari ishlab chiqarilib, umumiy 233 ta sunʼiy suv o‘tkazgich inshootlaridan 162 tasida (69 foiz) qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Temir-beton ko‘priklardan 1 tasi qurib bitkazildi, 4 tasida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, loyihaga ko‘ra dastlab Qorao‘zak tumanidan Amudaryo va Gurlan tumanlari orqali Shovot tumanigacha umumiy uzunligi 80,2 kilometr bo‘lgan temir yo‘l liniyasini qurish hamda shu oraliqdagi 3 ta qo‘riqlanadigan va 24 ta qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasini qurish belgilandi. Shuningdek, 4 ta avto yo‘l o‘tkazgichini, 9 ta ko‘prikni hamda 25 kishiga mo‘ljallangan 1 dona, 50 kishilik 2 ta temir yo‘l vokzalini bunyod etish, yana bitta temir yo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigi hamda boshqa temir yo‘lga texnik xizmat ko‘rsatish bino va inshootlarini qurish ko‘zda tutildi.  

Asosiy qo‘shma ko‘prikning uzunligi 413 metr bo‘lib, eni 8 metr, har bir oralig‘i 66 metrdan iborat. Loyiha bo‘yicha 7 ta ustun va 6 ta oraliq bo‘ladi. Ayni paytda daryoning ikki sohilida ham qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Chap va o‘ng qirg‘oqda bo‘lajak inshootning ustunlari bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda. Eʼtiborlisi, 7 ta ustunning har biriga 35 ta quvur qoqilib, yer sathidan 38 metr chuqurlikda bo‘lmoqda.