Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yangi yil bayrami arafasida “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yana bittaga ko‘payadi

Chop etish Sahifani ulashish
23.12.2021 3826 Yangiliklar

 

Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik hamda ichki turizmni rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2021 - yil 27 - dekabrdan 2022 - yil 9 - yanvargacha “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

Hozirgacha faqat haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib kelayotgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi, 27- dekabrdan 2022 - yil 9- yanvargacha har kuni soat 09:02 da “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.

Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ham 27 - dekabrdan 2022 - yil 9 - yanvargacha har kuni soat 15:02 da “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.

Ushbu poyezdlar Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tadi.

Bundan tashqari bayram kunlari barcha yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ham ulanadi.