Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
14.05.2024 1952 Yangiliklar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

 

Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun 6 bob va 47 moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi quyidagilardan iborat:

 

avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar, avtomobil yo‘llari egalari va davlat manfaatlarini ko‘zlab avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tashkil etish va ulardan foydalanish, yo‘l faoliyatini amalga oshirish asoslarini belgilab berish;

 

yo‘l xo‘jaligini takomillashtirish;

 

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xavfsizligini va rivojlanishini ta’minlash, ularning texnik holatini yaxshilash;

 

yo‘l faoliyati sohasida ilg‘or texnologiyalar va standartlarni joriy etishni rag‘batlantirish;

 

yo‘l faoliyatini amalga oshirishda ishlar va (yoki) xizmatlar bozorida samarali va adolatli raqobatni ta’minlash;

 

magistral yo‘llardan foydalanish va yo‘l harakatini amalga oshirish sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash;

 

magistral yo‘llarning xalqaro transport tarmog‘iga integratsiyasini ta’minlash.