Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi  

Chop etish Sahifani ulashish
28.09.2023 2614 Yangiliklar

 

Transport vazirligida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining (JICE) Inson resurslarini rivojlantirish uchun stipendiyalar loyihasi (JDS) bo‘yicha 2024–2026-o‘quv yili uchun o‘qishga qabul jarayonlarini tashkil etish maqsadida xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda JDS loyiha ofisi mas’ul xodimi Nagasava Yuka ushbu loyihada ishtirok etish shartlari, talabgorlarga beriladigan imkoniyatlar, ta’lim dasturlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berdi.

 

1999 – yilda ishga tushirilgan ushbu loyihaning maqsadi respublikaning istiqbolli yosh xodimlarini Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari magistratura dasturlarida o‘qishini tashkil etish va bu orqali O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam berishga qaratilgan.

 

Loyiha Yaponiya hukumati tomonidan beg‘araz moliyalashtiriladi.Uchrashuv davomida stipendiyaga nomzodlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarda javoblar oldi.