Shahar jamoat transporti hamda yashil transport sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida Ispaniya Qirolligiga o‘quv xizmat safari tashkil etildi.
Xizmat safari Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Toshkent – kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Xizmat safari davomida Transport vazirligi, "Тоshshаhаrtrаnsхizmаt" AJ hamda Hukumatning tegishli mutaxassislari xorijiy shaharlar jamoat transporti tizimi, elektrobuslar раrki va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi, yashil transport tizimlarini samarali joriy etishda qo‘llanilayotgan moliyalashtirish mexanizmlаri o‘rganildi.
Ispaniya Transport va Barqaror Mobillik vazirligining Yer usti Transporti bo‘yicha Bosh kotibi Marta Serrano xonim bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, jamoat transporti sohasini tartibga solishda vazirlikning vakolatlari, funksiyalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mutaxassislar Ispaniyaning Madrid va Ваrsеlоnа shaharlarida transport sohasini tartibga soluvchi davlat tashkilotlari hamda ushbu shaharlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yirik transport korxonalariga tashrif buyurdi.
Uchrashuvlarda shahar darajasida jamoat transporti sohasini tartibga solish va boshqarish masalalari, korxonalarning elektrobuslar parkini joriy etish va ekspluatatsiya qilishdagi tajribasi va istiqboldagi rejalari o‘rganildi. Shuningdek, avtobus saroylarida hamda shahar ko‘chalarida yaratilgan elektrobusni quvvatlash infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning bir qator shaharlarida jamoat transporti sohasini isloh qilish, shu jumladan, yashil transport yo‘laklarini va elektrobus parkini joriy etishda o‘zaro bilim va tajriba almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Shuningdek, Ispaniyaning “Tusgsal” xususiy tashuvchi tashkiloti tomonidan O‘zbekiston shaharlarida avtobusda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatishga qiziqish bildirildi.