Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

YeTTB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
19.07.2024 1812 Yangiliklar

Bugun, 19-iyul kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki  Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bo‘yicha direktori Xuseyn Ozxan boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatimiz transport tizimi va infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi. 

 

Xususan, “Toshkent – Samarqand” pullik avtomobil yo‘lining texnik-iqtisodiy asosini yakunlash hamda Samarqand shahri uchun elektrobuslarni xarid qilish loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama etildi.

 

Shuningdek, tomonlar Nukus va Namangan shaharlari uchun elektrobuslar hamda Samarqand shahri uchun tramvay xarid qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.