Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yoshlarga e’tibor kelajakka e’tibor

Chop etish Sahifani ulashish
11.12.2023 2109 Yangiliklar

Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo‘nalishidir. Zero, yoshlar bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanadi.

 

Joriy yilning 11-aprelida Prezidentimiz rahbarligida “Yoshlar bilan individual ishlashni tashkil etish” bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 18-son bayonida vazirlik va idoralar rahbarlariga e’tiborga muhtoj yoshlarni biriktirish belgilangan.

 

Mazkur topshiriqqa muvofiq “Yoshlar balansi” asosida yoshlar bilan individual ishlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, “mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali Transport vaziri va vazir o‘rinbosarlariga Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidan jami 130 nafar yosh biriktirildi. Vazirlikda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan biriktirilgan har bir yosh bilan individual o‘rganishlar tashkil etilib, bevosita vazir va uning o‘rinbosarlari ishtirokida yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi.

 

Ana shunday uchrashuvlar hamda ishchi guruhning sa’y-harakatlari bilan yoshlar muammolarini bartaraf etish, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish, o‘z iqtidori va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

Joriy yil 9-dekabr kuni Toshkent davlat transport universitetida Transport vaziri va uning o‘rinbosarlariga biriktirilgan yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidan vazirlik rahbariyatiga biriktirilgan yoshlar, ularning ota-onalari hamda yoshlar yetakchilari vakillari ishtirok etishdi.

 

Yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda shu vaqtga qadar amalga oshirilgan ishlar va ularning natijasi muhokama etildi. Xususan, Ohangaron tumanining “Jettisuv”, “Ilg‘or”, “Cho‘ldoq” MFY yoshlar yetakchilari tomonidan ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berildi. Tadbirda bevosita ishtirok etgan yigit-qizlar va ularning ota-onalari davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.

 

Kasbni to‘g‘ri tanlash, inson hayotidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Shu jihatni inobatga olgan holda tadbirda ishtirok etgan yoshlar Transport universiteti faoliyati, bu yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Universitet muzeyi, o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv trenajyor-simulyatorlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.