Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yoshlarning kasbiy bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi o‘quv markazi

Chop etish Sahifani ulashish
22.01.2021 4440 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKda bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan texnik o‘quv-mashg‘ulot markazi bilan yaqindan tanishdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi korxonalarda yosh kadrlarga ham amaliy, ham nazariy bilim berish maqsadida tashkil etilgan innovatsion o‘quv-mashg‘ulot markazida bir vaqtning o‘zida 50 nafar ishchi-xodimga mashg‘ulot o‘tish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, Markazda yosh mutaxassislarning bilim saviyasini oshirish va sohaga oid tushunchalarini hosil bo‘lishi uchun har bir xo‘jalikda ish jarayonlarida foydalaniladigan ish qurollari, texnika va qurilmalarning ehtiyot qismlari bilan jihozlangan.