Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Chop etish Sahifani ulashish
29.03.2024 2304 Yangiliklar

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov 26 – 28-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida transport tashuvlarini rivojlantirish borasida sohada faoliyat yuritayotgan korxona vakillari bilan uchrashdi.

 

Xususan, Nukus shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda belgilangan majburiyatlarga amal qilish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

 

Xorazm viloyatida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Safar davomida M.Omarov Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokidagi A-380 “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining 964-1204 km (240 km) qismini sementbeton qoplamasi bilan rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

 

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonon Respublikasi "Dovut-ota" chegara bojxona posti orqali yuk avtotransportlarning kirib chiqishi va post maskanining faoliyati bilan tanishdi.