Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha Idoralararo komissiyasining sayyor yig‘ilish o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.08.2023 1625 Yangiliklar

Joriy yilning 29-avgust kuni “Toshkent-Samarqand-Buxoro” yuqori tezlikda harakatlanish temir yo‘l uchastkasida Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha Idoralararo komissiyasining navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishga Transport vaziri tomonidan tasdiqlangan yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish, shaharsozlik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi muhokama qilindi.

 

Idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holati tahlil qilindi hamda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligiga xavf soluvchi qoidabuzarliklar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarning oldini olish va bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.