Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Zagros airlines aviakompaniyasi “Tehron- Toshkent” yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi

Chop etish Sahifani ulashish
09.12.2019 6249 Yangiliklar

Bugun, 9 dekabr Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirgan «Zagros airlines» aviakompaniyasi reysini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eron aviakompaniyasi Airbus A320-214 EP-ZAT havo kemasida “Tehron-Toshkent” yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi. Shunday qilib, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi muntazam parvozlar rasman tiklandi.

Dastlabki bosqichda «Zagros Airlines» aviakompaniyasi mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida muntazam parvozlarning tiklanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati