Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
16.01.2020 8516 Yangiliklar

Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri Ochilboy Ramatov yurtimizga tashrif buyurgan Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ushbu bank bilan hamkorlikda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Xususan, Jahon banki bilan hamkorlikda yurtimiz transport infratuzilmalari aeroportlar, avtomobilь yo‘llari qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga to‘htalib o‘tildi.

Siril Myuller Jahon banki shu vaqtga qadar O‘zbekistonda asosan avtomobil yo‘llari qurilishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib kelganini ta’kidlab o‘tdi. Va Jahon banki hozirda O‘zbekistonda aeroportlar infratuzilmasini modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri Ochilboy Ramatov bugungi kunda Jahon banki ishtirokida yurtimizda 40 dan ortiq loyihalar amalga oshirilayotgani qolaversa, fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda Jahon banki guruhi bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishini aytib o‘tdi.  

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati