Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Joylarda sayyor qabul va muloqotlar o‘tkazilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
09.10.2020 5447 Yangiliklar

 

Hududlarda transport tizimi faoliyatini samarali tashkil etish hamda bu borada aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borish maqsadida Transport vazirligi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruhlari joylarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Xususan, yo‘lovchi va yuk tashish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid muammolarni joyiga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlari bilan muloqot qilish orqali o‘rganish hamda ularni hal etish maqsadida Transport vazirining o‘rinbosari Akmal Mirzaev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda Nukus shahri, Tahiatosh, Xo‘jayli va Nukus tumanlarida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirok etishdi.