Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasi faoliyati haqida

Chop etish Sahifani ulashish
08.12.2019 10736 Yangiliklar

Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmalarining xududiy bo‘limlari inspektorlari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari (transportda chiptasiz yurish), 145-moddaning ikkinchi qismi bilan (yo‘lovchilarni chiptasiz tashish), 1461-moddasida (tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi), 165-moddasida (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish), 1763-moddasida (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 1764-moddasida (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarmaslikka doir talablarni buzish,), 198-moddasida (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar to‘g‘risidagi protokollar tuzadi.

Boshqarmaning xududiy bo‘limlari quyidagilarni nazorat qiladi:

tashuvchilar tomonidan yo‘lovchilar hayoti, sog‘ligi va (yoki) mulkiga zarar etkazganlik uchun qonun hujjatlarida o‘rnatilgan fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashga oid majburiyatlarning bajarilishi;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi;

avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishni amalga oshiruvchi avtotransport vositalarida litsenziya varaqalarining mavjudligi;

avtomobilda xalqaro tashishni amalga oshirishda ruxsatnoma berish tizimi talablariga rioya etilishi;

yo‘nalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi ko‘rinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi.