Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyati to‘g‘risida

Chop etish Sahifani ulashish
08.12.2019 10036 Yangiliklar

Bugungi kunda Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish hamda uning samaradorligini oshirish maqsadida, avtomobil transportida, ayniqsa transport xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga qaratilgan bir qator o‘quv, metodik, ilmiy-amaliy hamda tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6-martdagi “Avtomobilь transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3589-sonli, 2019 yil 1 fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-sonli farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4143 qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Avtomobilь transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tinglovchilar malakasini oshiradilar va kasbiy faoliyatlari bo‘yicha qayta tayyorlanadilar:
• "Avtotransportda halqaro tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchi"
• "Avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning rahbarlari va mas’ul xodimlarining malakasini oshirish kursi"
• "Avtotransportda tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor-haydovchi"
• "Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari"
• "Avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish"
• "Avtotransport korxonasi direktori (NSKZ kodi 1210) - Avtotransport korxonasini boshqarish"
• Avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish inspektorlarini malakasini oshirish.
Institut o‘quv dasturlarida tinglovchilarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish kerak bo‘lgan muhim sayyor darslar, hududlardagi tinglovchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida innovatsion o‘qitish usuli va laboratoriyalarda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarga yangiliklar kiritildi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi tinglovchilarning malaka oshirish kurslari davomida bilim, ko‘nikma va malakalari darajasining davlat talablariga muvofiqligini har tomonlama nazorat qilib baholash, tinglovchilarga malaka oshirganligi haqida davlat namunasidagi sertifikat berish masalasini hal etadi.
Institutda tinglovchilar uchun kutubxona va Axborot resurs markazi tashkil qilindi, 1000 donadan ortiq ilmiy, siyosiy va badiiy adabiy kitoblar sotib olinib kutubxona fondi yaratildi, respublikamizning milliy kutubxonasiga, etakchi 5 ta oliy o‘quv yurtlari kutubxonalariga elektron dasturiy ta’minot asosida “ruxsat” yaratildi va shu bugungi kunda tinglovchilar foydalanib kelmoqda;
Institut o‘z hisobidan moddiy texnik bazasini rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tinglovchilarga sifatli mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida nazariy dars mashg‘ulotlari zamonaviy texnik o‘qitish vositalari bilan jihozlangan 4 ta auditoriyalarda va amaliy mashg‘ulotlar-ko‘chma mashg‘ulotlar, 18-sonli avtobus saroyi MChJ va MAN servis Mas’uliyati cheklangan jamiyatda o‘tkaziladi. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarida, transport sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishtirish maqsadida, institutda muntazam ravishda o‘quv rejasida belgilangan fanlardan tashqari mutaxassislar jalb etilib qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkillashtiriladi.
Bugungi kunda Institut huzurida RhD falsafa doktori va Dsc fan doktorlarini etishtirib chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishuvlar amalga oshirilmoqda.