Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqiga ega shaxslar

Chop etish Sahifani ulashish
22.12.2019 22250 Yangiliklar

Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironlariga (O‘zbekiston Respublikasi hududida).
Temir yo‘llarda chiptaning to‘liq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo‘yicha quyidagilarga berilgan:
3-guruh urush nogironlariga;
urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.
Temir yo‘llarda chipta to‘liq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta (borish va kelishga) yurish huquqiga ega shaxslarga, ularning xohishiga ko‘ra ikki yilda bir marta ikki yillik talonlar (joriy va oldingi yoki joriy va keyingi yilgi) o‘rniga yiliga bir marta bepul yurish (borish va kelishga) taqdim qilinadi. Bu holda to‘g‘ri yo‘nalishda bunday yurish «borish» ikki taloni o‘rniga, qaytishga esa — «Kelish» ikki taloni o‘rniga rasmiylashtiriladi. Ushbu tartib 3-guruh urush nogironlari va urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
1-guruh urush nogironlarini kuzatib kelayotgan shaxslarga (bittadan ko‘p bo‘lmagan kuzatuvchiga), talonlar o‘rniga yiliga bir marta (borish va kelishga) chiptaning to‘liq qiymatidan ellik foiz chegirma beriladi. Kuzatuvchi shaxsga chipta rasmiylashtirilayotganda faqat joriy yil talonlari hisobga qabul qilinadi. O‘tgan va keyingi yil talonlari hisobga qabul qilinmaydi. Kuzatuvchi shaxsga talonlar o‘rniga bepul chipta rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.
Imtiyozli chipta olish uchun chipta kassasiga chegirma olish huquqini beruvchi quyidagi tegishli hujjatlar taqdim qilinishi kerak: «Urush nogironi guvohnomasi», «Urush qatnashchisi guvohnomasi» yoki «Imtiyozga huquqi to‘g‘risida guvohnoma».
«Faxriy temiryo‘lchi» nishoni bilan taqdirlangan temir yo‘l transporti xodimlari yil mobaynida MDH bo‘ylab bepul yurish huquqiga (borish va kelishga) egadir, buning uchun xizmat guvohnomasi va yozib berilgan temir yo‘l chiptasi taqdim qilinishi zarur.
10 va undan ortiq odamlar sonidan iborat tashkil qilingan guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta bo‘yicha quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim qilinadi:
a) harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km gacha bo‘lganda (boshqa poezdga o‘tishni hisobga olib):
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 10 foiz;
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 15 foiz;
b) harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km dan ortiq bo‘lganda (boshqa poezdga o‘tishni hisobga olib):
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 20 foiz;
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 30 foiz.
Ekskursiyaga guruh bilan poezdda yurish qiymatini naqd pul va to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lashga ruxsat etiladi.
O‘quvchilarning shaharlararo qatnovchi poezdlarda va ichki temir yo‘l aloqalarida qatnovchi yo‘lovchi tashish poezdlarida yolg‘iz yurganda chipta kassalari belgilangan tartibdagi imtiyozli chiptalarni, ularda taqdim qilingan hujjatlar raqamini, zarur hollarda — belgilangan shakldagi qo‘shimcha to‘lovlar kvitantsiyasini ko‘rsatib beradi.
Imtiyozli chiptalar bilan poezdda yurayotgan shaxslar, vagonga o‘tirayotganlarida va poezdda yurish vaqtida, kuzatuvchilar va nazorat qiluvchi shaxslar talabiga binoan chipta sotib olingan hujjatini taqdim qilishi shart.
Imtiyozli chiptalarni tekshirishda tegishli hujjatlarni taqdim qilmagan yo‘lovchilar chiptasiz deb hisoblanadilar va belgilangan miqdorda jarimaga tortiladilar. Bundan tashqari, ulardan chiptalar berilgan stantsiyadan manzil stantsiyasigacha chipta qiymatining farqi (imtiyozli va to‘liq tarif o‘rtasidagi) undiriladi.
Imtiyozli tarif bo‘yicha chiptalar noto‘g‘ri berilgan har bir holat to‘g‘risida nazorat qiluvchi shaxslar dalolatnoma tuzishlari va uni choralar ko‘rish uchun tashuvchi rahbariyatiga jo‘natishlari shart.

Asos hujjat: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Temir yo'l transportida yo'lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi №109-sonli qarori