Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent shahri hududidagi shahar yo‘nalishli taksi va avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tender

Chop etish Sahifani ulashish
24.11.2022 9677 Yangiliklar

 

Toshkent shahar hududidagi shahar yo‘nalishli taksi va avtobus yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha 2023-yilning 5-yanvar kuni soat 12:00 elektron tarzda

 

OChIQ TENDER O‘TKAZILADI

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

 

Shahar yo‘nalishli taksi va avtobus yo‘nalishlari

 

1.        

36

TTZ AShB – Zenit zavodi

avtobus

 

2.        

90

Yunusobod 19 daha – Xuvaydo mahallasi

avtobus

 

3.        

144

Toshkent INDEX savdo majmuasi – Qipchoq transport
o‘tish bog‘lamasi

avtobus

 

4.        

153

Qibray AShB – Eko bozori bekati

avtobus

 

5.        

91М

Aviasozlar AShB – Chorsu metrosi AShB

Yo‘nalishli taksi

 

6.        

113М

Qora Qamish 2/4-mavzesi – Malika fabrikasi

Yo‘nalishli taksi

 

7.        

125М

Toshkent tibbiyot akademiya – Chilonzor metrosi

Yo‘nalishli taksi

 

8.        

136М

Qo‘yliq bozori – Toshkent MUM AShB

Yo‘nalishli taksi

 

9.        

142М

Bunyodkor mahallasi – Paxtakor metrosi AShB

Yo‘nalishli taksi

 

10.    

152М

Aviasozlar AShB – Beshyog‘och maydoni

Yo‘nalishli taksi

 

11.    

192М

Qorasuv 6-mavzesi – Yunusobod mavzesi 9-daha

Yo‘nalishli taksi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

 

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

 

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

 

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

 

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

 

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

 

Tender g‘olibi bo‘lgan tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 136-son buyrug‘i bilan yo‘nalishga xizmat ko‘rsatish talab va shartlariga kiritilgan qo‘shimchalarga asosan avtotransport vositalari “Toshyo‘lovchitransxizmat” DUK yagona avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimiga hamda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimiga ulangan bo‘lishi, salonida statsionar validator qurilmasi o‘rnatilgan yoki mobil validator bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

 

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

 

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(308).