Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi

Chop etish Sahifani ulashish
23.05.2024 5078 Yangiliklar

Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq:

- tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, 2024-yil 24-iyun soat 14:00 gacha o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etish shart.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00 (213).

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

 Shahar atrofi yo‘nalishi

1.

VX-235

“Temir yo'l sanatoriyasi - Eshonguzar qo'rg'oni”

avtobus

2.

VX-243

“Zangiota ziyoratgohi – Qipchoq ASHB (Bog'zor mahalla orqali)”

avtobus

3.

VX-259 y.t

“Yangiyo'l AShB – Bek Baraka Bozori”

yo‘nalishli taksi

4.

VX-269 y.t

“Islomobod mahallasi – Chinoz dehqon bozori”

yo‘nalishli taksi

5.

VX-274 y.t

“Yangiyo'l ASHB – Samarqand mahallasi - Food city savdo majmuasi”

yo‘nalishli taksi

6.

VX-277 y.t

“Yangiyo'l dehqon bozori - O'zbekiston to'yxonasi bekati (Dehqonobod MFY orqali)”

yo‘nalishli taksi

7.

VX-375 y.t

“Yangibozor AShB - Parkent AShB”

yo‘nalishli taksi

8.

VX-376 y.t

“Yangibozor AShB - Chumchuqjar qishlog'i”

yo‘nalishli taksi

9.

VX-385 y.t

“Jaloltepa MFY - Yangibozor ASHB”

yo‘nalishli taksi

10.

VX-386 y.t

“Yangibozor AShB - U.Yusupov mahallasi”(Aylanma)

yo‘nalishli taksi

11.

VX-388 y.t

“Parkent AShB - Kumushkon qishlog'i”

yo‘nalishli taksi

12.

VX-391

"Bo'ka dehqon bozori - Qo'ylik dehqon bozori"

avtobus

13.

VX-399 y.t

“Do'stlik f/u - Boykent mahallasi”

yo‘nalishli taksi

14.

VX-454

Ittifoq mahallasi - Janubiy vokzal AShB

avtobus

15.

VX-477

Yunusobod 7-shifoxona - A.Navoiy bojxona posti

avtobus

16.

VX-495 y.t

“Tuzel qishlog'i - Chkalov nomli TAIChB shifoxonasi” 

yo‘nalishli taksi

17.

VX-500

G'ishtko'prik” chegara blok posti - Qo'yliq dehqon bozori

avtobus

18.

VX-508 y.t

“Qibray tug'ruqxonasi - Krupskiy qo'rg'oni”

yo‘nalishli taksi

19.

VX-553 y.t

“Do'stlik mahallasi - G'azalkent AShB”

yo‘nalishli taksi

20.

VX-560

To'labi f/u - Chilonzor buyum bozori

avtobus

21.

VX-580

Chinoz makazi (Motamsaro ona haykali)-Olmazor metro bekati

avtobus

22.

VX-593 y.t

“ToshGRES bekati – Chilonzor buyum bozori”

yo‘nalishli taksi

23.

VX-601 y.t

“Yangiyo'l AShB - A.Navoiy q.f.y.”

yo‘nalishli taksi

24.

VX-603 y.t

“Chirchiq dehqon bozori – “M.Ulug'bek”shaharchasi

yo‘nalishli taksi

25.

VX-607

O'rmon Xo'jaligi - Tuman markaziy shifoxonasi - Kultepa MFY

avtobus

26.

VX-635 y.t

“U.Yusupov bo'limi - Yangiyo'l AShB”

yo‘nalishli taksi