Transport vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi o’rtasidagi “Toshkent – Kam uglerodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” loyihasini boshqarish guruhiga quyida keltirilgan lavozimlarga ishga qabul e’lon qilinadi.
Lavozim:
1. Loyiha bosh texnik maslahatchisi
2. Xaridlar bo‘yicha mutaxassis
3. Shaharlarni rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis
4. Jamoat transporti bo‘yicha mutaxassis
5. Gender tenglik masalalari bo‘yicha mutaxassis
Loyiha 6 yilga mo’ljallangan (2022-2027 yillar). Oylik maosh 10 mln so’mni tashkil etadi.
Loyiha guruhining asosiy vazifalari:
elektr transport vositalarini rivojlantirish milliy startegiyasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqish;
yashil shahar transport koridorini joriy etish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda shaharlarda ekologik muhitni yaxshilash bo‘yicha milliy va mahalliy strategiyalarini ishlab chiqish;
yashil shahar transport koridori va elektr transport vositalari bo‘yicha me’yoriy hujjat va standartlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
jamoat transportida elektr transport vositalaridan (elektrobus) keng foydalanishni joriy etish orqali ekologiyani yaxshilashga ko‘maklashish;
Toshkent shahrida avtobuslar uchun ajratilgan yo’lak “BRT” pilot loyihasini amalga oshirish.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar:
Ma’lumoti:
Shaharsozlik, avtomobilsozlik, yer usti transporti ekspluatatsiyasi, transport va logistika, biznes boshqaruvi, moliya va iqtisod, ekologiya va sohaga oid boshqa yo’nalishlar bo’yicha kamida bakalavr darajasi (magistratura va doktorlik darajasi qo’llab-quvvatlanadi).
Tajribasi:
Nomzodlar kamida 3 yil ish stajiga ega bo’lishi kerak (davlat boshqaruvi va xalqaro tashkilotlarda ish tajribasi qo’llab-quvvatlanadi).
Bilim va malakalari:
Ingliz va rus tillarida erkin so’zlasha va yoza olish, xorijiy materiallarni tahlil qilish;
Erkin kompyuter foydalanuvchisi (MS Word, PowerPoint, Excel va boshqa) kuchli tahliliy qobiliyat;
tahliliy hisobotlarni va takliflarni tayyorlay olish;
yaxshi muloqot qobiliyatlari.
Boshqa talablar:
Qisqa muddatli xorijiy xizmat safarlariga tayyor bo’lish;
Turli topshiriqlar (Multi-tasking) bilan ishlay olishi;
Topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish. Nomzodlar o’zlari haqidagi ma’lumotlarni 2022-yilning 11-iyul sanasiga qadar n.xudayberdiyev@mintrans.uz elektron manziliga yuborishlari so’raladi.
2022-yilning 11-15 iyul kunlari lavozim talablariga mos kelgan nomzodlar bilan suhbat uyushtiriladi.